Institutimiz rahbar xodimlari va professor- o’qituvchilari 1105 raqamli call-markazda 24 soat davomida xalqimiz uchun fidokorona mehnat qilmoqdalar

25.07.2020, 11:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1358

Maʼlumki yurtimizda Covid-19 pandemiyasi bilan kasallanish holati tobora koʼpayib borayotgani bois qayta karantin joriy etildi.Shuningdek, koronavirus bilan zararlanishning oldini olish va kasallikni erta aniqlashda yurtimizda qator choralar koʼrilmoqda.

Bulardan biri pandemiya davrida, fuqarolarimizda yuzaga kelayotgan qator savollar va vahimani bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan call-markazlardir.

Mazkur call-centerlardan biri 1105 raqamiga jalb etilgan Toshkent farmatsevtika institutining rahbar xodimlari va 147 nafardan ziyod professor oʼqituvchilari bugungi kunda 24 soat davomida mashaqqatli mehnatlari bilan xalqimizga xizmat qilmoqdalar. Call-markazda faoliyat olib borayotgan institutimiz jamoasi fuqarolarimiz tomonidan berilayotgan “COVID-19” infeksiyasi bilan bog’liq ko’plab savollarga javoblar bilan chegaralanib qolmay, pandemiya davrida profilaktika uchun yoki davolanishda tabiiy mahsulotlardan eng samaralilari haqida ham yetarlicha maʼlumotlar taqdim etib kelmoqdalar.

Ayni damgacha ya’ni, 2020-yil 29-iyul sanasi kunning birinchi yarmiga qadar 220000 ga yaqin fuqarolarimizning murojaatlariga javob berildi.

Bu jarayonlarni har kuni, kun davomida “O’zbekiston24” telekanali orqali ham kuzatishingiz mumkin.

Institut matbuot xizmati