Iqtidorli yoshlarimizning qo’lga kiritgan yutuqlari

14.07.2020, 10:49 Yangiliklar 1781

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020-yilda o’tkazilgan Respublika onlayn fan olimpiyadasida Kimyo fani bo’yicha Toshkent farmasevtika instituti Farmatsiya fakulteti 109 B guruh talabasi Norboeva Dilshoda Batirovna faxrli II-o’rin, Farmatsiya fakulteti 106 A guruh talabasi Voxidov Bexzod Botir o’g’li faxrli III-o’rin hamda ekologiya, gigiena va sanitariya fanidan Sanoat farmasiyasi 106 B guruh talabasi Savurova Mohinabonu Anvarovna faxrli III- o’rin g’oliblari bo’lishdi. Iqtidorli yoshlarimizni qo’lga kiritgan yutuqlari bilan chin dildan Institut jamoasi hamda Iqtidorli yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi nomidan tabriklab, ularga keyingi o’qishlarida kattadan-katta muvaffaqqiyatlar tilab qolamiz

Iqtidorli yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i dos. F.A. Umarova