Institut talabalar o‘rtasida “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” va “Odam savdosi – davr muammosi” mavzularida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyalari bo‘yicha masofaviy onlayn tanlovlari joriy etildi

01.07.2020, 22:32 Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Yangiliklar 1626

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yilning 20-iyun kunidagi 330-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut talabalari o‘rtasida “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” va “Odam savdosi – davr muammosi” mavzularida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyalari bo‘yicha masofaviy onlayn tanlovlari joriy etildi. Hurmatli talabalar mazkur tanlovda faol ishtirok etishingiz so‘raladi. Tanlov g‘oliblari institut rahbariyati tomonidan moddiy rag‘batlantiriladi. Tanlov Nizomi ilova qilinadi. Talabalar tomonidan yozilgan ijodiy ishlar Nizom shartlariga ko‘ra bo‘lishi va ijodiy ishlar (90) 916-50-40 va (97) 130-86-82 telegram raqamiga yuborilishi lozim.

Barcha talabalarga omad tilaymiz!

Nizomi:

“Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?”

“Biz korrupsiyaga qarshimiz”

“Odam savdosi – davr muammosi”

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova