“Korrupsiyaga qarshi kurash”mavzusida online yig’lish tashkil etildi

01.07.2020, 20:52 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1475

Oʼtgan davr mobaynida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida tizimli va samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, mazkur faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» olijanob gʼoyasi asosida tubdan qayta koʼrib chiqildi. Ko’plab jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tashkil etildi. Jumladan ko’plab tashkilot va oliy ta’lim muassasalarida uchraydigan korrupsiya va uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi bugungi kunda yanada kuchaytirb borilmoqda.
2020-yil 1-iyul kuni soat-14:00 da Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyati tomonidan online “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida yig’lish tashkil etildi.Yig’lishda institutning barcha rahbar xodimlari,bo’lim boshliqlari va professor-o’qituvchilari qatnashdilar.
Online bo’lib o’tgan yig’lishda institut prorektorlari hamda Monitoring va ichki nazorat bo’lim boshlig’i K.A.Cholponov mavzuga oid ma’ruzalari bilan qatnashib, yana bir bor korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashish kerakligini ta’kidlab o’tdilar.

“Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarini samarali yechish ustuvor vazifalarimizdan biri boʼlib qoladi”
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoev