Institut rahbar xodimlari va iqtidorli talabalarning adiblar xiyoboniga tashrifi amalga oshirildi

26.06.2020, 13:50 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1549

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-may kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo  etilgan Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020- yil 3 -iyun kunidagi 311-sonli buyrug‘iga muvofiq 2020-yil 26-iyun kuni Toshkent farmatsevtika instituti rahbar xodimlari va talabalarning Adiblar xiyoboniga tashrifi  amalga  oshirildi.

Mazkur tadbirda “Saodat” jurnali bosh muharriri, shoira Munavvara Usmanova, yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Faxriddin Hayit, Toshkent farmatsevtika institutining yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev, sanoat farmatsiya fakulteti dekani Z.Mamatqulov, tillar kafedrasi mudiri S.To’ychiyeva, ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi H.Abdurahmonov va institutning iqtidorli talabalari qatnashdilar.

Tashrif  davomida o‘zbek adabiyotining zabardast vakili Muso Toshmuxammad o’g’li Oybekning ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Shuningdek institut rahbar xodimlari, soha vakillari va iqtidorli  talabalar ishtirokida Muso Toshmuxammad o’g’li Oybek haykaliga gulchambar quyildi.

Adiblar xiyobonida tashkil etilgan tadbirda OAV vakillarining ham ishtiroki ta’minlanib, jarayon “O’zbekiston24” telekanali, “Yoshlar” radiokanali va “UZA” tarmoqlarida yoritiladi.

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova