Institut talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini muborakbod etamiz.

23.06.2020, 13:51 Yangiliklar 1610

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini Administratsiyasining 2019-yil 7-noyabrdagi 25445-xx-sonli topshiriq xati bilan yuborilgan “2019-2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida “Ma’rifatli yoshlar – yurt ko‘zgusi” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha namunaviy “YO‘L XARITASI”ning 24-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, institut talaba-yoshlari o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida institut talabalari o‘rtasida “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Institut  talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kitobxon talaba” mavzusidagi ko‘rik-tanlovi Nizom talablariga ko‘ra amalga oshirildi hamda talabalar tomonidan telegramm ijtimoiy tarmog‘i orqali ijodiy ishlar yuborildi hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Mazkur tanlovda faol ishtirok etib, tanlovning institut bosqichida quyidagi talabalar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

 

O‘rin tartibi Talabalar F.I.Sh. Ta’lim yo‘nalishi
“Kitobxon talaba” nominatsiyasi bo‘yicha
1-o‘rin Ramazonova Shaxzoda

Shoyim qizi

Farmatsiya fakulteti 4-bosqich 401 B guruh talabasi
2-o‘rin Allanazarova Mohira

Baxtiyor qizi

Sanoat farmatsiya fakulteti

1-bosqich 104 A guruh talabasi

3-o‘rin Xukumboev Xasan

Yoqub o‘g‘li

Farmatsiya fakulteti 1-bosqich 108 B guruh talabasi

 

Tanlovning mutloq g‘olibi Farmatsiya fakulteti 4-bosqich 401 B guruh talabasi Ramazonova Shaxzoda Shoyim qizi deb topildi. Mazkur tanlovda faol ishtirok etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarni muborakbod etamiz.

 

N.X.Ashurova

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i