Toshkent farmatsevtika institutida 2020/2021-o‘quv yili uchun bir nafar talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati 2019-2020 o‘quv yilida amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori bo‘yicha qiymatlari saqlanib qoldi.

19.06.2020, 18:38 E'lonlar, Yangiliklar 1767

Bunda:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2020/2021 o‘quv yilida quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshiriladi:

  • Stipendiya bilan – Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 21 barobarida.
  • Stipendiyasiz – Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 13.4 barobarida.

Magistratura mutaxassislik bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2020/2021 o‘quv yilida quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshiriladi:

  • Stipendiya bilan – Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 23 barobarida.
  • Stipendiyasiz – Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 15.4 barobarida.

 

Izoh:  Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlari oshirilganda to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari mos ravishda oshiriladi.