Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyati ishtirokida “Toshkent farmatsevtika instituti: 2020/2021 oʼquv yili uchun qabul jarayonlari” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi

18.06.2020, 17:39 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1676

Milliy matbuot markazida Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyati ishtirokida “Toshkent farmatsevtika instituti: 2020/2021 oʼquv yili uchun qabul jarayonlari” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi. Mazkur anjuman “Uzreport” telekanali orqali jonli efirda o’tkazildi.Unda Toshkent farmatsevtika instititut o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektori Z.A.Yuldashev,  ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor N.S.Normaxamatov, o’quv bo’limi boshlig’i N.Abzalova, 2020-2021 o’quv yili uchun qabul komissiyasining mas’ul kotibi A.Sharipov hamda institut matbuot kotibi qatnashdilar. Mazkur jonli muloqotda internet tarmoqlariga muxlislardan kelgan savollarga institut rahbar xodimlari tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek anjumanda OAV muhbirlarining ham ishtiroki ta’minlandi.

      

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova