Toshkent Farmatsevtika instituti Organik va biologik kimyo hamda Biotexnologiya kafedralarining qo‘shma ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi

07.06.2020, 15:46 Новости института, Новости 1406

O‘zR FA akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutining 2020-yil 3-iyundagi 1-1/1451.2-291-sonli xatiga muvofiq 2020-yil 6-iyun kuni b.f.d.prof. Azimova Shaxnoz Sadikovna rahbarligidagi O‘zR FA O‘simlik moddalar kimyosi instituti kichik ilmiy xodimi Abduraxmonov Jaloliddin Mirjamilevichning 02.00.10 – Bioorganik kimyo ixtisosligi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan “Bombyx mori lichinkalarida gepatit B virusi (HBV) rekombinant PreS2-S oqsilini olish” mavzusidagi dissertatsiya ishi hamda Toshkent Farmatsevtika institutining Organik va biologik kimyo hamda Biotexnologiya kafedralari bilan qo‘shma Ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur online seminar Organik va biologik kimyo kafedrasi mudiri prof.A.Karimov raisligida tashkil etildi.

Institut matbuot xizmati