2020-yil 30-may Toshkent farmatsevtika institutida “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ga bag‘ishlangan 77-ilmiy onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

31.05.2020, 09:03 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1861

Bugun 30-may, 2020-yilda Toshkent farmatsevtika institutida soat 10.00 da “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yiliga bag‘ishlangan Talabalar ilmiy jamiyatining an’anaviy 77-ilmiy onlayn – konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyani v.v.b. prorektor, professor Z.A. Yuldashev tabrik so‘zi bilan ochib berdi, so‘ng Ilmiy va innovatsion ishlar bo‘yicha prorektor N.S. Normaxamatov konferensiya ishtirokchilariga boshlagan ishlarida muvvaffaqqiyatlar tiladi. Plenar ma’ruzalardan so‘ng, 10 sho‘ba o‘z ishini davom ettirdi. Jami og‘zaki ma’ruzalar bilan 134 ta talaba ishtirok etdi. Quvonarli joyi shundaki, konferensiya davomida talabalar taqdimotlaridan tashqari, video taqdimotlari bilan ham ishtirok etishdi. Barcha sho‘balardagi ma’ruzalar qiziqarli, qizg‘in muzokaralarga boy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.