Talabalar ilmiy jamiyatining 77-ilmiy online konferensiyasi boʼlib oʼtdi

31.05.2020, 06:46 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1467

2020- yil 30- may kuni soat 10:00 da Toshkent farmatsevtika institutida “Ilm maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ga bagʼishlangan Talabalar ilmiy jamiyatining anʼanaviy 77-ilmiy online  konferensiyasi boʼlib oʼtdi. Mazkur online konferensiyaning kirish qismini instituting  o’quv va tarbiyaviy  ishlar  bo’yicha prorektori  Z.А. Yuldashev  ochib berdi.  Ilmiy  ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor N.S. Normaxamatov  ushbu konferensiyaning ahamiyati haqida o’z fikrini bildirib, qatnashuvchilarga  boshlagan ishlarida muvvaffaqqiyatlar tiladi. Plenar maʼruzalardan soʼng, 10 sho’ba  oʼz ishini davom ettirdi. Jami ogʼzaki maʼruzalar bilan 134 ta talaba ishtirok etdi.
Mazkur online konferensiyaning eng e’tiborli jihatlaridan biri shuki, konferensiya davomida talabalar prezentatsiyalaridan tashqari, video prezentatsiyalari bilan ham ishtirok etdilar. Online o’tkazikgan talabalar ilmiy jamiyatining  77-ilmiy online  konferensiyasi koʼtarinki kayfiyatda o’tkazildi hamma qiziqarli va qizgʼin muzokaralarga boy bo’ldi.

Institut matbuot kotibi N. L. Usmanova