Arab xurmosining foydali xususiyatlari haqida Muattar Xodjayevaning foydali tavsiyalari

05.05.2020, 15:58 Institut yangiliklari 1606

Аrab xurmosi mineral va vitaminlarga boy mevadir. Uning tarkibida mavjud boʼlgan, organizmga kerakli 23ta aminokislota boshqa mevalarda uchramaydi. Аrab xurmosini doimiy ravishda, kuniga kamida 3-4 dona yeb turilsa, koʼp kasalliklarga davo boʼlishi isbotlangan.

Bu mevadan kuniga 3-4 ta yeyish tanangizni yoshartiradi. Bu meva ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, yurakda qon aylanishini meʼyorga keltiradi. Xolesterinni kamaytiradi. Аrab xurmosi ishtahani pasaytiradi. Oq shakar oʼrnini bosadi, ozishda yordam beradi. U temirga boy, 100 gramida odam organizmidagi temirning bir sutkalik meʼyorining 11 foizini saqlaydi.Bu haqida yanada ko’proq ma’lumotlar olishni istasangiz bugun 2020- yil 5- may kuni soat 22:30 da “O’zbekiston” telekanalida, “Axborot” dasturidan so’ng Toshkent farmatsevtika instituti farmokognoziya kafedrasi dotsenti  Muattarxon Xodjayevaning ma’lumotlari va foydali tavsiyalarini tinglang.

 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova