Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmatsevtika universiteti rektori Narkevich Igor Anatolevich tomonidan tashkil etilgan xalqaro online videokonferensiyada Toshkent farmatsevtika instituti rahbarlari ham ishtirok etdilar

30.04.2020, 22:24 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Xalqaro yangiliklar, Yangiliklar 1498

2020-yil 29-aprel kuni Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmatsevtika universiteti rektori Narkevich Igor Anatolevich tomonidan tashkil etilgan xalqaro online videokonferensiyada Toshkent farmatsevtika instituti rahbarlari ham ishtirok etdilar.
“Oliy o’quv yurtlarining masofaviy ta’limga tezkor o’tishi va online ta’lim modellarini joriy etish bilan bog’liq masalalarni muhokama qilish” mavzusidagi videokonferensiya ochiq muloqoot shaklida bo’lib o’tdi.

Sankt Petergburg Davlat kimyo- farmatsevtika universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektori Ilinova Yuliya Gennadevnaning “Elektron ta’lim va masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda oraliq attestatsiya va davlat yakuniy attestatsiyasini tashkil etish” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Shuningdek
“2020-yilda qabul kompaniyasini masofadan turib tashkil etish” mavzusi bo’yicha Pyatigorsk tibbiyot va farmatsevtika instituti filialining v.v.b direktori, tibbiyot fanlari doktori professor Chernikov Maksim Valentinovich ma’lumot berdi.

Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmatsevtika uniniversitetning farmatsiya fakulteti dekani Krishtanova Nadejda Aleksandrovna “Ochiq ta’lim” milliy portalida (NNT), Coursera xalqaro platformasida va boshqa ochiq manbalarda joylashtirilgan ommaviy online kurslarni qo’llash imkoniyatlari, UGSN 33.00.00 farmatsiya mutaxassisligi bo’yicha dasturlarni amalga oshirish” mavzusida ma’ruza qildi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova