Toshkent farmatsevtika institutiga qo‘shni davlatlardagi OTMlardan o‘qishini ko‘chirib kelgan talabalar diqqatiga!

22.04.2020, 12:19 E'lonlar, Yangiliklar 1645

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 3-martdagi “Qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirishga oid tashkiliy masalalar to‘g‘risida”gi №156-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent farmatsevtika institutining “Farmatsiya” va “Sanoat farmatsiyasi” fakul’tetlariga o‘qishini ko‘chirgan hurmatli talabalar, Sizlar uchun belgilangan kurslar kesimida Moodle LMS platformasi orqali masofaviy ta’lim onlayn shakli bo‘yicha o‘qishini joriy yilning 20-aprel sanasidan boshlangan.

Sizlarga dekanatlar va guruh murabbiylari orqali tizimga kirib o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirishingiz uchun login va parollar elon qilingan.

Masofaviy o‘qish yuzasidan qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa quyidagi telefon raqamlar orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: (90) 921-4334

                                              (90) 336-1192        

 

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTIGA O‘QISHINI KO‘CHIRIB KELGAN TALABALAR