O’zbek xalqi azaldan mehmondo’st va mehribon xalq.

28.03.2020, 23:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2182

​​​​Ma’lumki, barcha ta’lim muassasalarida vaqtinchalik karantin e’lon qilindi va ta’til berildi. Jumladan Toshkent farmatsevtika institutining talabalari ham mashg’ulotlardan ozod etilib, ota-onalari bag’riga sog’-omon yetib borishlari uchun barcha choralar ko’rildi. Ayni damda talabalar tug’ilgan go’shalarida ota-onalari bilan istiqomat qilishmoqda. Lekin shuni ham aytib o’tshimiz joizki 5 nafar Turkmanistonlik talabalar o’z yurtlariga keta olmaganliklari bois talabalar turar joyida istiqomat qilmoqdalar. O’zbek xalqi azaldan mehmondo’st va mehribon xalq. Buni yana bir bor  talabalarga ko’rsatilayotgan e’tibor,  mehr-muruvvat namyondasida ham ko’rishimiz mumkin. 

Institut rahbariyati talabalarni oziq-ovqat va kerakli ashyolar bilan ta’minlamoqda. Talabalarning salomatligi hamda sanitariya gigienya qoidalariga amal qilishlari  talabalar turar joyi hamshirasi Alla Barisovna hamda TTJ komendanti N. Xudoyberdiyeva tomonidan nazorat qilinmoqda. Ularga TTJ soqchilari (qorovul) tomonidan mazali taomlar tayyorlab berilmoqda. Shuningdek, talabalarning ahvoli institut rahbariyati tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova, ATM