Toshkent farmatsevtika instituti talaba-yoshlari tomonidan“Navro‘z” umumxalq hashari o‘tkazildi.  

14.03.2020, 12:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1774

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yilning 11-mart kunidagi 136-F-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash hamda “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida 2020-yil 14-martdan boshlab “Navro‘z” umumxalq hashari boshlandi. Erta tongdan institut talaba-yoshlari va xodimlari tomonidan ko‘taringi kayfiyatda umumxalq hashari tashkil etildi. Ushbu umumxalq hashariga institutning barcha talabalari jalb etildi. Institut hududidan tashqari Olmazor tibbiyot kolleji, Mirobod tumanida joylashgan “Bolajon bog‘i”, Bo‘stonliq tumani Tovoqsoy KXK va institutga yaqin bo‘lgan hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.