Institut Talabalar turar joyida “Navruz day” haftaligi va 5 tashabbus  ijrosi yuzasidan sportning “Armrestling”, “Tosh ko’tarish”, “Arqon tortish” turlari bo’yicha musobaqa o’tkazildi

11.03.2020, 16:07 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar 1883

2020-yil 10-mart  kuni Toshkent farmatsevtika institutining  talabalar turar joyida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” ning ikkinchi yo‘nalishi yuzasidan yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida qobiliyatini namoyon qilish maqsadida  talaba-yoshlar o’rtasida sportning “Armrestling”, “Tosh ko’tarish”, “Arqon tortish” turlari bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Barcha talabalar faol ishtirok etdi. Eslatib o’tamiz: “Navruz day” haftaligi davom etmoqda. 2020-yil 12-mart kuni maszkur haftalik doirasida sportning “Futbol” turi bo’yicha TTJ yoshlari o’rtasida musobaqa o’tkaziladi.

                   

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova