Toshkent farmatsevtika instituti Talabalar turar joyida “Navruz day” haftaligi va 5 tashabbus  doirasida ko‘rik tanlov bo‘lib o‘tdi

10.03.2020, 13:44 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar 1603

 2020-yil 9-mart  kuni Talabalar turar joyida “Navruz day” haftaligi bo‘lib, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchi yo‘nalishi yuzasidan shuningdek,  ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida “Yosh kitobxonlar” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda iqtidorli va badiiy adabiyotga qiziquvchi talaba-yoshlar o‘z jamoalar bilan ishtirok etishdi. Jumladan “Clever girls”, “Believe”, “Ziyo nuri”, “Ajdodlarga munosib avlodlar” kabi 4 ta guruh qatnashib, “Clever girls” guruhi g‘olib chiqdi.

                     

Institut tarbiyachi pedagogi N.E.Yusupova

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova