“Sen aziz va muqaddasan ayol”

06.03.2020, 16:29 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 2011

Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go`zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg`unlashib  oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo`lmaydi.

Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida  mo’tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir.

Chindan ham, ayolllarimizning oilada tutgan o`rni beqiyos. Oqila, go`zal ayollar o`zlarining g`amxo`rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Ulug` donishmandlar  Vatanga eng munosib ta’rif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta ma’no bor. Dunyoda “Muqaddas” degan so`zga eng munosib zot ham – Onadir.

Onani e’zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko`tarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha ulug`lasak, hayotimizning chirog`i, umrimizning guli deb e’zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e’zozlagan bo`lamiz.

2020-yil 6-mart kuni Toshkent  farmatsevtika institutining katta faollar  zalida  instituting professor o’qituvchilari va talabalari uchun “Sen aziz va muqaddasan ayol” mavzusida tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirni institutning o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektori Z.A.Yuldashev bayram tabrigi va kirish so’zi bilan ochib berdi. Xalqaro xotin-qizlar  kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda talabalar tomonidan bayram tabriklari  she’r, kuy, qo’shiqlar taqdim etildi. Shuningdek institutning faol professor-o’qituvchilari va xodimlari “Sertifikat” va sovg’alar bilan taqdirlandilar. Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Mirzo Karim, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan, Abror Xidoyatov nomidagi drama teatri aktrisasi Dono Bobohonova,O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining iqtidorli talabalari tashrif buyurdilar. Mazkur tadbirga OAV vakillari ham tashrif buyurib, tadbir “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturi orqali yoritilshi rejalashtirildi.

                                                                         

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova