“Sen aziz va muqaddasan ayol”

05.03.2020, 15:17 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Yangiliklar 1845

8-mart Xotin-qizlar bayrami, go‘zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo‘lib kelgan. Ayol deganda ko‘z o‘ngimizda avvalo, ulug‘ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o‘rganadi.

Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go‘zal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi.

Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar  ham aslida mo‘tabar  onalarimiz, munis opa-singillarimizdir.

Shu munosabat bilan yaqinlashib kelayotgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan  barcha munis opa-singillarimizni chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Barchangizni oilangizga fayzu baraka, tinchlik-xotirjamlik va mustahkam sog’liq tilaymiz.

Ayyomingiz muborak aziz ayollar!

 

Toshkent farmatsevtika

instituti rahbariyati