“1 million daraxt aksiyasi”ga namunali  va faol Oliy ta’lim muassasi ya’ni Toshkent farmatsevtika institutining  talabalari jalb etildi

04.03.2020, 14:56 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1722

Toshkent  shahar  Mirobod  tumanida joylashgan   Oliy o’quv yurtlaridan  eng  faol va eng namunali OTM Toshkent farmatsevtika instituti deb topildi. Kuni kecha Toshkent shahar  prokuraturasi  va Mirobod tumani hokimyati  tomonidan yana bir bor  o’tkazilgan  “1 million daraxt aksiyasi”ga namunali  va faol Oliy ta’lim muassasi ya’ni Toshkent farmatsevtika institutining  talabalari jalb etildi. Mazkur aksiyada Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari, Toshkent shahar Mirobod tumani hokimyatidan vakillar ishtirok etdilar. “1 million daraxt aksiyasi” mazkur tumanning faol oqsoqollari tomonidan oq fotiha ila ochib berildi.

Aksiyani tashkil etishdan maqsad, tabiatni muhofaza qilishdir. Bu esa bugungi kunning eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Fan-texnika taraqqiyoti, turli demografik jarayonlar, global iqlim oʻzgarishi kabi bir qator ekologik muammolar bugun jahon hamjamiyatini asosli ravishda tashvishga solmoqda.

Bu borada mamlakatimizda ham keng koʻlamdagi islohotlar amalga oshirilib, yerosti va yer usti boyliklari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi Konstitutsiyamizning alohida bandi, shuningdek bir qator tegishli qonunlar bilan davlat muhofazasiga olinib, ulardan oqilona foydalanish, asrab-avaylab kelgusi avlodlarga ham yetkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mavjud daraxtzorlarning kamayib borishi hamda iqlim oʻzgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, odamlarni ixtiyoriy ravishda ommaviy birlashtirish orqali qulay atrof-muhitni yaratish, Oʻzbekistonda daraxtlarni saqlash, tiklash hamda koʻpaytirish muammolariga jamoatchilikning eʼtiborini qaratish ushbu aksiyaning asosiy maqsadi qilib olindi.

                    

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova