Dori turlari texnologiyasi kafedrasi “Talabalar turar joyi”da kafedra kunini o‘tkazdi.

03.03.2020, 16:40 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1804

2020-yil 2-mart kuni soat 14-00 da institut 1-sonli binosida TTJsining Dori turlari texnologiyasi kafedrasi tomonidan TTJ talabalari o‘rtasida “Kafedra kuni” tashkil etildi.

Tadbirni prof. YO.S.Karieva va katta o‘qituvchi N.SH.Radjapovalar kirish so‘zi bilan ochib berdilar. Xalqimizning sevimli farzandi, taniqli jamoat arbobi, milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan shoira Zulfiyaning 105 yilligi munosabati bilan “Sadoqat va nafosat timsoli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida talabalar tomonidan shoira qalamiga mansub bo‘lgan she’rlardan ifodali aytib berildi. So‘ng kafedra mudiri YO.S.Karieva talabalarga shoir Muhammad Yusufning she’riy to‘plami va “Ozod Vatan saodati” nomli badiiy adabiyotlar jamlanmasini taqdim etdi.