Institut iqtidorli talabasi Samarqand shahrida o’tkazilgan simpoziumda ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandi.

03.03.2020, 15:27 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2366

Mamlakat taqdiriga daxldor, uning manfaatlari yo‘lida doimiy harakatdan charchamaydigan yoshlarni birlashtirish, mustaqil fikrlarini bayon etishini qo‘llab-quvvatlash hamda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor qilish maqsadida, 2020-yil 29 fevral – 1-mart kunlari Samarqand viloyati Samarqand shahrida “Future day” simpoziumi o‘tkazildi. Simpozium davomida “Xalqaro ilmiy maqolalar yozish va tayyorlash tartibi (Scopus, Web of science, Science direct, Google Scholar tizimlari)” yo‘nalishida institut farmatsiya fakulteti 1-kurs 105-B guruh talabasi Yakubov Shahzodbek ishtirok etib, Sertifikat bilan taqdirlandi.