”Springer Nature” kompaniyasi hamkorligida seminar bo’lib o’tdi

27.02.2020, 15:10 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1482

Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun Toshkent farmatsevtika institutida Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Springer Nature” kompaniyasi hamkorligi doirasida 2020-yil 26-fevral kuni kompaniyaning elektron resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatlari, xorijiy maqolalar chop etish boʼyicha oʼquv seminari boʼlib oʼtdi. Yigʼilishda institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor Normaxamatov N.S., “Springer Nature” nashriyot uyining litsenziyali menejeri Аleksandrova I.А., OʼzR innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlari va Toshkent shahridagi tibbiyot ilmiy markazlari, oliygohlari xodimlari ishtirok etdilar.

Seminarda nashriyot faoliyatini namoyish etdi va ilmiy maqolalarni impakt-faktorli chet el jurnallarida nashr etish tartibini batafsil tushuntirildi. Tibbiyot oliygohlari va ilmiy markazlaridan kelgan qatnashchilar “Springer Nature” resurslarining imkoniyatlari bilan tanishdilar. Bundan tashqari, ilmiy tadqiqotlar uchun “Springer Nature” platformasidan foydalanish, ilmiy tadqiqotlar mavzulari boʼyicha reytingli jurnallarni va maqolalarni qidirish va tanlash,“Soxta/sifatsiz”(Predatory) jurnallardan ehtiyot boʼlish, sifatli ilmiy maqola qanday tayyorlanadi va reytingli xorijiy jurnallarda qanday chop etiladi, kabi mavzularda maʼruza va qizgʼin savol-javoblar boʼlib oʼtdi.

             

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova