Nigeryalik Abigel xonim Toshkent farmatsevtika instituti bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish taklifini berdi

26.02.2020, 16:26 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Xalqaro yangiliklar, Yangiliklar 1552

2020-yil 25-26-fevral kunlari tashkil etilgan Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida yoshlar bandligini ta’minlash hamda Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga ko’maklashish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Ta’lim va Mutaxassislik” nomli xalqaro ko’rgazmada ko’plab chet ellik  mehmonlar ham faol qatnashmoqda. Mazkur ko’rgazmaga tashrif buyuruvchilar O’zbekiston Respublikasi va chet el davlatlaridagi ta’lim tizimi, mutaxassisliklar, qulayliklar va yana ko’plab o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olmoqdalar. Chet ellik mehmonlardan biri Nigeryalik Abigel xonim Toshkent farmatsevtika institutidagi ta’lim jarayoni haqida ma’lumotlar olib, Nigerya davlati bilan Toshkent farmatsevtika instituti o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish taklifini berdi.

        

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova