“Ta’lim va Mutaxassislik” xalqaro ko’rgazmasining ikkinchi kuni o’tkazilmoqda

26.02.2020, 15:30 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1550

Bugun 2020-yil  26-fevral kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida yoshlar bandligini ta’minlash hamda Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga ko’maklashish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Ta’lim va Mutaxassislik” xalqaro ko’rgazmasining ikkinchi kuni o’tkazilmoqda. Mazkur ko’rgazmaning ikkinchi kunida ham Toshkent farmatsevtika instituti vakillari faol qatnashmoqdalar. Ko’rgazmada institutning  Farmatsevtika ishini tashkil qilish, Dori vositalarining sanoat texnologiyasi, Biotexnologiya, Farmatsevtik kimyo, Dori  vositalarini standartlashtirish va sifat  menejmenti, Toksikologik kimyo , Farmakologiya va klinik farmatsiya, Analitik kimyo kafedralari professor-o’qituvchilari turli hildagi dori vositalaridan namunalarni, ilmiy ishlar va yana ko’plab erishgan yutuqlaridan namunalar taqdim etib tashrif buyurganlarni e’tiboriga sazovvor bo’lmoqdalar.

                   

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova