“Ta’lim va Mutaxassislik” xalqaro ko’rgazmasida Toshkent farmatsevtika instituti vakillari tashrif buyurgan mexmonlarning sohaga oid savollariga tegishli ma’lumotlar taqdim etmoqdalar

25.02.2020, 15:56 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1718

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 19-fevral kunidagi 87-03-713-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida  2020-yil 25-26-fevral kunlari tashkil etilgan  “Ta’lim va Mutaxassislik” xalqaro ko’rgazmasida Toshkent farmatsevtika institutidan biriktirilgan jamoa mazkur ko’rgazmaning birinchi kuni 25-fevral soat 08:00 dan boshlab ishtirok eta boshladilar. Ayni damda ham institutimiz vakillari ko’rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlarni samimiy kutib olib, ularni qiziqtirgan savollariga batafsil ma’lumotlar taqdim etmoqdalar. Mazkur ko’rgazmada ishtirok etish uchun institutdan nafaqat professor-o’qituvchilar balki ARM xodimlari, institut matbuot xizmati, bo’lim boshliqlari ham biriktirilgan. Ko’rgazmaga biriktirilgan mas’ullar tashrif buyuruvchilarga ilmiy soha, o’quv yo’nalishi, axborot xizmatlari haqida ma’lumotlar berib bormoqdalar. Shuningdek farmatsevtika sohasiga oid turli xil kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi.

Mazkur ko’rgazmaga tashrif buyurganlar va  o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan mexmonlar Toshkent farmatsevtika institutiga o’qishga kirish, qaysi fanlardan imtihon topshirish,institutdagi  mutaxassisliklar kabi savollar bilan murojaat etib tegishli ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Shu bilan bir qatorda ko’rgazmaga kelganlar  yurtimizda o’stiriladigan dorivor o’simliklar, o’zimizda ishlab chiqarilayotgan dori vositalari va ularni chet elnikidan farqi hamda yana ko’plab dorilar haqidagi savollariga  kerakli ma’lumotlarni olmoqdalar.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova