Iqtidorli yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi hamda ARM bilan hamkorlikda targ’ibot ishlari olib borildi
5 ta tashabbus ijrosini ta’minlash, iqtidorli talabalarning ilmiy maqola, tezis yozish hamda ARMda ishlash ko’nikmalarini yanada shakllantirish maqsadida 2020-yil 21-fevral kuni institut axborot-resurs markazida iqtidorli yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi hamda ARM bilan hamkorlikda targ’ibot ishlari olib borildi. Suhbat davomida ARM direktori B.H.Sotiboldiyeva tomonidan iqtidorli talabalarning ilmiy-ijodiy tajribalarini to’g’ri rejalashtirish va yuritish bo’yicha tavsiyalar berildi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova