Toshkent shahar Kengashi deputati  Mahmudxo‘jaev Furqat Siddiqxo‘jaevich bilan ochiq muloqot tashkil etildi

17.02.2020, 11:54 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1488

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining  Oliy  Majlis  Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan navbatdagi Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini  keng  targ‘ib  etish hamda Oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev  rahbarligida  2019-yil  27-dekabr  kuni  mamlakat  yoshlari bilan bo‘lib  o‘tgan  uchrashuvda  Yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlanish maqsadida institut talabalar turar joyida huquqiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent shahar Kengashi deputati  Mahmudxo‘jaev Furqat Siddiqxo‘jaevich, Toshkent shahar hokimiyati huzuridagi  Jamoatchilik  Kengashi mutaxassisi Malika Karamatova, institutning fakultet dekanlari va mutasaddi xodimlari ishtirok etdilar. Turar joyning talaba – yoshlari ishtirokida o‘tkazilgan huquqiy-ma’rifiy tadbir ochiq muloqot tarzda o‘tkazilib,  talabalar  Toshkent shahar Kengashi deputati  Mahmudxo‘jaev  Furqat  Siddiqxo‘jaevichga  o‘zlarini  qiziqtirgan  savollari  bilan  murojaat qilishdi.  Toshkent shahar Kengashi deputati  Mahmudxo‘jaev Furqat Siddiqxo‘jaevich bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot qizg‘in baxs savol-javob hamda taklif va mulohazalar asosida o‘tkazildi.

            

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova