Toshkent Farmatsevtika Instituti Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasida buyuk o’zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi – Alisher Navoiy va o’rta asr sharq madaniyati va adabiyotining buyuk namoyandasi Zaxiriddin Muxammad Bobur xotirasiga bag’ishlangan ma’naviy va ma’rifiy tadbir o’tkizildi.

14.02.2020, 16:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1901

Farmakologiya va klinik farmatsiya dotsenti Roxila Zokirovna Umirzakova ushbu tadbirni ba’diiylashtirilgan tartibda ochib berdilar.

Alisher Navoiy – buyuk o’zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi xayoti va ijodiga to’xtalib o’tdilar. Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher bo’lib, 1441-yilning 9-fevralida Hirotda tavallud topganlar. Alisher Navoiyning ota tomondan bobosi Amir Temurning Umar Shayx ismli o’g’li bilan ko’kaldosh (emikdosh) bo’lib, keyinchalik Umar Shayx va Shohruxning xizmatida bo’lgan. Otasi G’iyosiddin Bahodir esa Abulqosim Boburning yaqinlaridan bo’lib, mamlakatni idora etishda ishtirok etgan. Onasi (ismi noma’lum) Qobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi. Alisher Navoiyning bolaligi Shohrux hukmronligining so’nggi yillariga to’g’ri kelgan. U temuriyzodalar, xususan, bo’lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalangan. 4 yoshida maktabga borib, tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi she’rlarni o’qib, yod ola boshlagan. O’zbek tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham mukammal egallagan. Alisher Navoiy o’zining o’zbek tilida yozgan she’rlaridan iborat ilk devoni — «Badoe’ ul-bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni tuzdi. Alisher Navoiyda o’zbek tilida «Xamsa» — besh doston yaratish maqsadi yoshligidan bo’lgan. Bu maqsadini 1483-1485-yillarda amalga oshirdi. Asar o’zbek adabiyoti shuhratini olamga yoyib, jahon adabiyotining durdonalaridan biriga aylandi. «Xamsa»dan keyin Navoiy yana bir qancha asarlar yaratdi. 1501 yilning 3-yanvarida kasallikdan vafot etadi.

O’rta asr sharq madaniyati va adabiyotining buyuk namoyandasi Zaxiriddin Muxammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda tug’ilgan. Otasi Umarshayx Mirzo temuriy avlodidan bo’lib, Fargona viloyatining xokimi bo’lgan. Zaxiriddin Muxammad Bobur o’z davrining taniqli muallimi va murabbiylari raxbarligida ta’lim va tarbiya olgan. Otasi Umarshayx Mirzo vafot etgach 1495-yilda 12 yoshida uning o’rniga taxtga o’tirdi. Andijonni Shayboniyxon egallagach, Zaxiriddin Muxammad Bobur Afgonistonga ketishga majbur bo’ladi. Bu mamlakatda Kobul va Badaxshon shaharlarida uz xokimiyatini barpo etdi so’ngra Xindistonga yurish qilib buyuk davlat barpo etadi va xayotini oxiragacha Xindistonda yashab ijod qiladi.