“Noorganik, fizik va kolloid kimyo” kafedrasi Oldenburg universiteti (Germaniya) professori, k.f.d. Frank Riyossner bilan hamkorlikda onlayn ma’ruza o’tkazdi.

14.02.2020, 13:42 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1942

Toshkent farmatsevtika instituti faollar zalida 2020-yil 13-fevral kuni soat 15:00 dan 16:20 gacha Oldenburg universiteti (Germaniya) professori, k.f.d. Frank Riyossnerning farmatsiya fakulteti 211A guruhi (ingliz guruhi) talabalariga “Kimyoviy kinetika. Vodorod yodidni vodorod pеroksid bilan oksidlanish rеaktsiyasining tezlik konstantasini katalizator ishtirokida aniqlash.” mavzusida onlayn ma’ruzasi bo’lib o’tdi.