Farmatsevtikamiz kelajagi yoshlar nigohida” mavzusida “Work-shop” institutimizning iqtidorli talabalari tomonidan o’tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida 2019-yil 19-mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida e’lon qilingan 5 muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida, 2020-yil 11-fevral kuni soat 15-00 da Toshkent farmatsevtika instituti katta faollar zalida “Farmatsevtikamiz kelajagi yoshlar nigohida” mavzusida “Work-shop” tashkil etildi. Tadbirni institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.S.Normaxamatov kirish so‘zi bilan ochib berdi va o’tkazilayotgan tadbirning mazmun-mohiyati haqida so’zladi. Tadbirda institutimiz iqtidorli talabalari o‘zlarining farmatsevtikamiz kelajagini qanday tasavvur qilishlari, xususan, bugungi kunimiz farmatsevtika ilmi va ta’limi sohasida bo‘layotgan yangi islohotlar, aktual vazifalar va ularning yechimlari bo‘yicha o‘zlarining fikrlari, qarashlari, yaratgan ixtirolari va tashabbuskor g‘oyalarini bayon qildilar. Tadbir Iqtidorli yoshlarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi, sanoat-farmatsiya fakulteti va farmatsiya fakulteti dekanatlari tomonidan tashkil etildi. Tadbirda institut professor-o’qituvchilari hamda talabalarning ishtiroki ta’minlandi.
Mazkur “Work-shop” “Yoshlar” telekanali hamda “Yoshlar” radiosi orqali keng yoritish belgilab olindi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova