Iqtidorli talabalar bilan so‘rovnoma hamda biznes inkubator, startap loyihalari muhokamasi bo‘lib o‘tdi

10.02.2020, 16:58 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1927

Institut kichik faollar zalida  iqtidorli va yetakchi talabalar  bilan yoshlar  o‘rtasida olib borilgan “Talabalar o‘rtasida o‘qishga nisbatan qanday qilib motivatsiya uyg‘otsa bo‘ladi?”, “Har yili bo‘lib o‘tadigan TIJ uchun qanday o‘zgartirishlar kiritish ma’qul?”, “Mustaqil ta’lim va qoldirilgan darslarni qayta topshirish qanday tarzda amalga oshirilsa ta’lim tizimiga hamda talabaga ham qulay, ham sifatli bo‘ladi?” mavzularidagi so‘rovnoma hamda biznes inkubator, startap loyihalari muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni institut iqtidorli yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i F.A.Umarova kirish so‘zi bilan ochib berdi.  Uchrashuv davomida talabalarning fikrlari o‘rganilib, davra suhbati qizg‘in bahs-munozaraga boy  tarzda bo’ldi.

       

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova