Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan TTjda yashovchi talabalar uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga  Murojaatnomasini mazmun-mohiyatini keng targ’ib etish maqsadida “Kafedra kuni” tashkil etildi

10.02.2020, 16:07 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1752

2020-yil 24-yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga qilgan  Murojaatnomasini mazmun-mohiyatini keng targ`ib etish maqsadida talaba-yoshlar bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari D.A.Otodjonov va Sh.A.Abduhalimov ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida, “O‘zbekistonimiz yangi o‘n yillikka qadam qo‘ymoqda. Erishgan natijalarimiz tarixga aylanib, oldimizda yangi-yangi o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha ulkan vazifalar va imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Shu bois, bugun Sizlar bilan birgalikda mamlakatimizni 2020-yil va kelgusi 5 yilda rivojlantirish bo‘yicha, ustuvor yo‘nalish va vazifalarni belgilab olishimiz lozim.Saylovlar ochiq-oydin, xalqaro standartlar asosida o‘tkazilishini nazorat qilish uchun 50 ga yaqin davlatlardan hamda 10 ga yaqin  xalqaro tashkilotlardan 825 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi. Birinchi marta Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining 316 kishilik to‘laqonli missiyasi bilan yaqin hamkorlik qilingani” haqidagi muhtaram Prezidentimizning so’zlari keltiridi.

 Tadbir so`ngida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari D.A.Otodjonov  va Sh.A.Abduhalimovlarga  insitut rahbariyati tomonidan “Tashakkurnoma” hamda  sovg`lar taqdim etildi.

           

Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova