6-8-fevral soat 10.00da 4-bosqich farmatsiya yo‘nalishi talabalari uchun Sankt-Piterburg kimyo-farmatsevtika Universitetining Eksperimental farmakologiya markazi Direktori Ivkin D. YU. tomonidan “Antibiotiklar”  va “Mikrobga qarshi vositalar”  mavzusi bo‘yicha ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

08.02.2020, 16:27 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1699

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli  “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi, 2017-yil 5-maydagi PQ-2956 sonli “O’zbekiston Resbuplikasida tibbiy ta’limni yanada isloh qilish” chora tadbirlari to’g’risidagi, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli  “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 qarorlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3532-sonli “Farmatsevtika tarmog’ini jadal rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi  Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 6-8 fevral soat 10.00da 4-bosqich farmatsiya yo‘nalishi talabalari uchun Sankt-Piterburg kimyo-farmatsevtika Universitetining Eksperimental farmakologiya markazi Direktori Ivkin D. YU. tomonidan “Antibiotiklar”  va “Mikrobga qarshi vositalar”  mavzusi bo‘yicha ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

     

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi