Tokio olimpiyadasiga tayyorgarlik yuzasidan o’tkazilgan yig’lishda Rustam Tursunovich To’laganov komissiya a’zosi sifatida qatnashdi

08.02.2020, 09:30 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1540

Tokio Olimpiadasi ham yaqinlashib kelmoqda. Bu esa sport mutasaddilarining yelkasida turgan vazifani yanada chuqurroq anglashga undaydi. Kuni kecha O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasida olimpiya  sport turlari bo’yicha federatsiya va assotsiatsiyalar hamda MOQ qoshidagi Respublika  sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM) mutasaddilari ishtirokida yig’lish bo’lib o’tdi. Mazkur yig’lishda Toshkent farmatsevtika institutining malakali professor- o’qituvchilaridan biri Rustam Tursunovich To’laganov komissiya a’zosi sifatida qatnashdi.

Terma jamoalarimiz olib boradigan o’quv-mashg’ulot yig’inlarini ro’yhatini yana bir ko’rib chiqib, sportchilarning tibbiy- farmokologik jihatdan ta’minotini qat’iy nazoratga olish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.Ta’kidlash joiz, ushbu tadbirdan maqsad  Tokio Olimpiyadasiga tayyorgarlikni yanda rivojlantirishdir.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova