O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy Majlis deputatlariga 2020- yil  24- yanvardagi  Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida institut katta faollar zalida tadbir bo’lib o’tmoqda

07.02.2020, 14:52 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1750

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy Majlis deputatlariga 2020- yil  24- yanvardagi  Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida institut katta faollar zalida  tadbir  bo’lib o’tmoqda. Tadbirni o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Abduxalimov Shuhrat Abduxalimovich “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy Majlis deputatlariga 2020 -yil  24- yanvardagi  Murojaatnomasining mazmun-mohiyati mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Atodjonov Djumonozor Azodovich “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Murojaatnomasida belgilangan ustivor vazifalar” mavzularida ma’lumotlar berib targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar. Tadbir Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyayat va ma’rifat bo‘limi hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Tadbirda OAV vakillaridan “Yoshlar”  radiosi hamda “UZA” muhbirlarining ishtiroki ta’minlandi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova