Sankt  Peterburg Davlat  kimyo-farmatsevtika universitetining Farmokognoziya kafedrasi yetakchi dotsenti, biologiya fanlari doktori Goncharov Mihail Yuriyevich bilan davra suhbati tashkil etildi

06.02.2020, 17:11 E'lonlar, Tadbirlar, Xalqaro yangiliklar, Yangiliklar 1766

2020-yil  3 –fevraldan  8-fevralga qadar Sankt  Peterburg Davlat  kimyo-farmatsevtika universiteti professor-o’qituvchilari  Toshkent  farmatsevtika institutiga  seminar  va laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun jalb etildilar.

Jumladan 2020-yil 6-fevral kuni Sankt  Peterburg Davlat  kimyo-farmatsevtika universitetining Farmokognoziya kafedrasi yetakchi dotsenti, biologiya fanlari doktori Goncharov Mihail Yuriyevich Toshkent farmatsevtika institutning professor-o’qituvchilari, doktorantlar va talabalar bilan davra suhbati o’tkazdi. Suhbatda  dorivor o’simliklar  sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruza qildi. Yig’lish davomida qatnashchilar o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etib mutaxassis tomonidan aniq javoblarnin oldilar. Shuningdek ilmiy ishlar bo’yicha Toshkent  farmatsevtika instituti bilan hamkorlik qilishga kelishildi.

      

      

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova