Yaponiyaning “Yakuzemi informatsion ta’lim markazi” AJ vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

05.02.2020, 15:17 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Xalqaro yangiliklar, Yangiliklar 1804

2020-yil 5-fevral kuni Toshkent farmatsevtika institutida Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Yoshinori Matsuno  boshchiligidagi “Yakuzemi informatsion ta’lim markazi” AJ vakillarini institutning o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektori Z. A. Yuldashev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor N. S. Normaxamatov, xalqaro bo’lim boshlig’i  N.T. Zaripova kutib oldi va mehmonlar bilan muzokaralarga o’tildi. Muzokarada farmatsevtika tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan farmatsevtlar, talabalar, mutaxassislar va bitiruvchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash kabi yana ko’plab masalalar muhokama qilindi.

                 

 Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova