Ilmiy ishlar va innovatsion sohalar bo’yicha prorektor N.S.Normaxamatovning “Buxoro viloyatini innovatsion rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusida tashkil etilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasidagi ishtiroki haqida

03.02.2020, 17:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1520

Buxoro davlat universitetida “Buxoro viloyatini innovatsion rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi. Mazkur anjuman “UzR Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan hududlarni rivojlantirish bo’yicha ilmiy ishlarni takomillashtirish maqsadida tashkil etilmoldi. Anjumanga Respublikamizning barcha OTMlarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha  prorektorlari  hamda va ITIlari ilm-fan bo’yicha direktor o’rinbosarlari  qatnashdilar. Anjumanda hududlardagi mavjud ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni yechilishida ilmiy izlanishlarning roli, yangi innovatsion g’oya va texnologiyalarni joriy etish masalalari bo’yicha taqdimotlar va muhokamalar bo’lib o’tdi.

Konferensiyada institutimizning ilmiy ishlar va innovatsion sohalar bo’yicha prorektori Nodirali Sohobatalievich Normaxamatov ham “Farmatsevtikada ta’lim, fan va ishlab-chiqarish integratsiyasi muammolari va yechimlari” mavzusida taqdimoti bilan ishtirok etdi.

      

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova