“To‘ydagi dabdabozliklarning oilaviy ajrimlarga ta’siri”

03.02.2020, 16:41 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1633

 Xotin-qizlar qo‘mitasi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda ijtimoiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan Toshkent farmasevtika institutining 127-xonasida “To‘ydagi dabdabozliklarning oilaviy ajrimlarga ta’siri”, “Oila- muqaddass dargoh”, “Oilaviy munosabatlarning huquqiy asosi” mavzularida katta tadbir o‘tkazildi. Tadbirni institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Barnoxon Boltaeva ochib berib oilaviy ajrimlarni oldini olishda ayolning rolini yoritib o‘tdilar. Shu o‘rinda Qo‘yliq ota masjit imom  xatibi Xaydarov Me’rojiddin oilada ayol va erkakning mas’uliyatlari, diniy tarbiya hadislar misolida yoritib o‘tdilar. Mirobod tuman IIB ning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, mayor Komilova Nigora Maxmudovna bugungi kunda xotin-qizlarni himoya qilishning qonuniy asosi yaratilganligi, gender tenglik masalalari, xotin-qizlar orasida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida ishlab chiqilayotgan loyixalar hususida gapirib o‘tdilar. Qaynona – kelin munosabatlarida qizlarimizning ziyrakligi, fahm-farosati, odobi, bilimi, ozodaligi, tadbtirkorligi hususida Mirobod tumani Oybek mahalla otinoyisi Marhabo Mirzajonova o‘z hayotiy tajribalari bilan baham ko‘rdilar. Nikohning muqaddassligi, oilaning muqaddassligini tushunib yetmagunlariga qadar oila qurmaslik. Uning mas’uliyatini tushunib, o‘z zimmasiga ola olsagina oila qurishlik zarurligi hususida Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjit imom noibi Yo‘ldoshxo‘ja Saidumarov gapirib o‘tdilar. Oila markazi Mirobod tumani bo‘limi rahbari Yoqutxon Xakimova oilaviy ajrimning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan qisqa metrajli film namoish etib, uning achinarli oqibatlarini hususida to‘xtalib o‘tdilar. Tadbirni so‘ngida Mirobod tuman xokimiyati Mahallalar kengashi rais o‘rinbosari G‘anisher Eshonqulov “To‘ydagi dabdabozliklarning oilaviy ajrimlarga ta’siri” hususida gapirib yakunladilar. Tadbirda 8 nafar professor-o‘qituvchi hamda 120 nafar talabaning ishtiroki ta’minlandi.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova