“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”

31.01.2020, 16:34 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1969

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2019-yil 27-dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2020yil 31yanvar kuni soat: 14-00 da institut talabalari o‘rtasida “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”, “Odob-axloq inson ziyonati” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar O‘zbekiston  Milliy akademik drama teatri aktyorlari Toxir Sayidov va Ra’no Yarasheva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Mirzo Karim, OAVlari xodimlari, institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev, rahbar xodimlar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.  Suhbat jarayonida institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev bugungi kunda farmatsevtika sohasini oldida turgan dolzarb masalalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Miromonovichning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, OTMlari oldidagi muhim bo‘lgan ustivor vazifalar, bilimli va malakali kadrlarni yetishtirib chiqarishda ta’lim muassasalalarining o‘rni xususida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, O‘zbekiston  Milliy akademik drama teatri aktyorlari Toxir Sayidov va Ra’no Yarasheva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Mirzo Karim “Milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga sadoqatli vorislarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasining o‘rni”, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”, “Vatanni sevmoq iymondandir” mavzularida targ‘ibot ishlarini olib bordi. Tadbirda jami 250 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

                                     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova