Mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag’ishlab tashkil etilgan tadbirda institut talabalarining ishtiroki ta’minlandi

30.01.2020, 16:26 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1759

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqil O‘zbekistonga asos solgan, xalqimiz mehrini qozongan, xalqaro miqyosda tan olingan davlat va siyosat arbobi edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning e’tibori va tegishli qarori bilan uning xotirasi abadiylashtirildi. Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan 30-yanvar kunini  nishonlash ezgu an’anaga aylandi.

«Bu sanani munosib o‘tkazish bizning o‘z tariximizga, mustaqilligimizga bo‘lgan hurmatimizni, xalq, millat sifatidagi madaniyatimiz  va saviyamizni namoyon etadi» degan edi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois Islom Karimov xotirasiga bag’ishlab joylarda tadbirlar yashkil etildi. Jumladan Toshkent shahar  Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan tashkiletilgan tadbirda Toshkent farmatsevtika instituti talabalari va Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilotining  institut yetakchilarining ishtiroki ta’minlandi.

                   

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova