O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Miromonovichning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasi haqida

24.01.2020, 15:31 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1430

2020 -yil  24-yanvar kuni institut kichik faollar zalida rahbar xodimlar, bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Miromonovichning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasini taqdim etish jarayonini online tarzda kuzatib borildi. Mazkur jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar hamda oliy ta’lim muassasalalari tizimini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan berilgan fikrlarga alohida e’tibor berildi. Tadbir yakunida institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar yuzasidan rahbar xodimlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini  olib bordi. Shuningdek, farmatsevtika sohasini rivojlantirish, malakali soha mutaxassislarini shakllantirish va pedagoglarning bilim va malakalarini oshirish borasida olib borish zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan ma’lumotlar beridi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova