QR Book loyihasi Toshkent farmatsevtika institutida

21.01.2020, 11:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1877

Loyihaning mohiyati shundaki, endilikda talabalar sevimli kitoblarini qidirib topish uchun hech qancha vaqt sarflamaydi va professor-o‘qituvchilar tomonidan tavsiya etilgan o‘quv qo‘llanma va darsliklar, multimedia vositalarining barchasini telefon yordamida onlayn ravishda ochib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

QR book innovatsion kutubxonaga kirish uchun o‘quvchi smartfonni QR code reader (analoglari mavjud) ilovasini yuklab olishi va karta orqa tarafidan istagan kitobni tanlab, QR kodini o‘qitishi lozim. Shunda uyda, mashina va jamoat transportlarida, o‘quv muassasalarida, dam olish maskanlarida kitob mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kelajakda ushbu loyihani yanada takomillashtirish uchun QR book kartasiga o‘quv materiallarini yaxshi o‘zlashtirish uchun video va foto materiallar, elektron darslik va atlaslar, mualliflik kitoblari va laboratoriya ishlarini animatsiya tarzda joylashtirish rejalashtirilgan.

     

Axborot-resurs markazi