Tibbiy va biologik fanlar  kafedrasining  Talabalar turar joyida  2019-2020 o‘quv yili 1-yarim yilligida “Kafedra kuni”  munosabati bilan olib borilgan ma’naviy – ma’rifiy ishlar

17.01.2020, 17:17 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2019

Toshkent  Farmatsevtika institutining 2019-yil 18-sentyabr 795-sonli buyrug‘iga asosan Tibbiy va biologik fanlar kafedrasiga biriktirilgan TTJning 1 binosi 2-qavatidagi  218-234 sonli xonalarda  yashovchi talabalar uchun 11-yanvar 2020-yili kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida seminar ma’ruzasi o‘tkazildi. Shu munosabat bilan kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 1- TTJda yashovchi talabalar ishtirokida to‘g‘ri ovqatlanish ahamiyati, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, zararli odatlar ahamiyati bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. Ma’ruzani biologiya fanlari nomzodi, dotsent Rasulova Vasila Botirovna o‘qib eshittirdi, sog‘lom turmush tarzida to‘g‘ri ovqatlanishning inson organizmi uchun ahamiyati haqida so‘zlab berdi va talabalarga sog‘lom turmush tarzini olib boorish bo`yicha amaliy tavsiyalar berib o`tdi. Ma’ruzaning yakunida “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Talabalar turar joyi kutubhonasi fondiga talabalar uchun bir nechta kitoblar sovg`a qilindi. 

     

Tibbiy va biologik fanlar kafedra mudiri