Vatanni himoya qilish – sharafli, oliyjanob va mas’uliyatli burch

17.01.2020, 16:20 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1771

Toshkent farmatsevtika instituti Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasida 2019-yil 15-yanvar kuni kichik faollar zalida 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan “Vatanni himoya qilish – sharafli, oliyjanob va mas’uliyatli burch” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya harbiy-texnika instituti dotsentlari, y.f.n., kapitan Choriev Murodjon Shokirjonovich va y.f.n., kapitan Asliddin Nuridullaevlar mehmon sifatida qatnashishdi.

Tadbirni kafedra mudiri farmatsevtika fanlari doktori A.T.Sharipov olib bordi.

Tadbir so‘ngida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, qizg‘in munozarali savol-javobda ishtirok etishdi.

     

Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi