“Buyuk ajdodlarga munosib voris bo’laylik”

15.01.2020, 17:00 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1668

2020-yil Toshkent farmatsevtika institutining 1-sonli talabalar turar joyida Tillar kafedrasi tomonidan 14 –yanvar “Vatan himoyachilar kuni” munosabati bilan “Buyuk ajdodlarga munosib voris bo’laylik” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirni Tillar kafedrasi mudiri S.Tuychieva kirish so’zi bilan ochib berdi. Tabiiy va biologik fanlar kafedrasi professori A. Abzalov yig’lishda mavzu yuzasidan nutq  so’zlab,ko’plab hayotiy voqealarni misol qilib keltiridi. Bu esa talabalarda Vatanga bo’lgan mehr-oqibatni, ona yurtimizni e’zozlash, uni bir parcha tuprog’ini ham qadriga yetshimiz kerakligi kabi tuyg’ularni yanada rivojlantirdi. Har bir bayram kuy-qo’shiq, sahna ko’rinishlarisiz o’tmaydi. Manam shu an’ana ham mazkur tadbirda aks etdi ya’ni  talabalar tomonidan  vatan himoyachilariga bag’ishlangan she’r, qo’shiq va sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Tadbirda tillar kafedrasi professor-o’qituvchilari, farmatsiya fakelteti dekan va dekan muovinlari, TTJ tarbiyachi pedagogi N.Yusupova va talabalar qatnashdilar.

                                                      

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova