Farmokologiya va klinik farmatsiya kafedrasi tomonidan Vatan himoyachilar kuniga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi

15.01.2020, 16:17 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1586

Toshkent Farmatsevtika institutining farmokologiya va klinik farmatsiya kafedrasida farmatsiya fakulteti kasbiy ta’lim yo’nalishi 501-A,B va 502-A guruhi talabalari bilan birgalikda  14-yanvar O’zbekiston Respublikasi Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi. Tadbir talabalar tomonidan badiiy sahna ko’rinishi orqali ochib berildi. Uchrashuvni dotsent Umurzoqova R.Z kirish so’zi va “Vatan haqida” gi she’r bilan ochib berdi va  kafedra mudiri  dotsent Fayziyeva  Z.T.Vatanni himoya qilishda yigitlarning tutgan o’rni haqida so’zladi. Shuningdek tadbir davomida  5-bosqich kasbiy  ta’lim yo’nalishi talabalari harbiy dala sharoitida askarlarga birinchi  tibbiy yordam holatlarini sahnalashtirgan ko’rinishini nomoyon qildilar.

     

     

     

Farmokologiya va klinik farmatsiya kafedrasi