Olimpiada o‘yinlari va jahon chempionati savrindorlari bilan uchrashuv tashkil etiladi

13.01.2020, 09:55 E'lonlar, Yangiliklar 1425

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil  13-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5529-sonli Farmoyishi  hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 17 dekabrdagi 1152-sonli buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi va 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlash maqsadida 2020-yil 16-yanvar kuni  soat: 15-00 da institut katta faollar zalida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Sport tinchlik elchisi”, “Mamlakat bayrog‘ini ko‘kka ko‘targan sport ustalari faoliyatiga bir nazar” kabi mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilishi rejalashtirilgan. Tadbirda mashhur sportchilarning tashrif buyurishlari ko‘zda tutilgan.

  1. Yunon-Rim kurashi bo‘yicha “Rio-de-Janeyro-2016” Olimpiada O‘yinlari bronza medali sohibi, Osiyo O‘yinlari g‘olibi, Jahon chempionatining ko‘p marotaba sovrindori, 4 karra Osiyo chempioni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi katta letenanti, Tasmuratov Elmurod Zulpqorievich
  2. O‘smirlar o‘rtasida Yunon-Rim kurashi bo‘yicha Olimpiada O‘yini g‘olibi, Yoshlar o‘rtasida Jahon chempionatining sovrindori, yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo chempioni, Xalqaro toifadagi sportchi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 2-bosqich talabasi Baxromov Ilxom

     3. Erkin kurash bo‘yicha “Rio-de-Janeyro-2016” Olimpiada O‘yini bronza medali sohibi, Osiyo O‘yinlari g‘olibi, Jahon chempionati            sovrindori, Osiyo chempioni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, Navro‘zov Ixtiyor Karimovich.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova